36 onlayn
UZ RU EN

"Kitobxonlar uchun - muhim xushxabar!"

22.05.2026 16:53 14 marta ko'rildi
"Kitobxonlar uchun - muhim xushxabar!"



Izboskan tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlar uchun yana bir quvonchli yangilik! Markaz fondi yangi va mazmunan boy adabiyotlar bilan yanada kengaydi. Jumladan, kutubxonaga 141 nomdagi, jami 282 nusxadagi yangi adabiyotlar kelib tushdi. Mazkur kitoblar turli yo‘nalishlarni qamrab olgan bo‘lib, yoshlar, talaba-o‘quvchilar, ziyolilar hamda barcha kitobsevarlar uchun mo‘ljallangan.

Yangi kelgan adabiyotlar orasida badiiy asarlar, tarixiy kitoblar, ilmiy-ommabop nashrlar, bolalar adabiyoti, ma’naviy-ma’rifiy qo‘llanmalar, zamonaviy o‘zbek va jahon adabiyoti namunalariga alohida o‘rin berilgan. Shuningdek, yurtimiz taraqqiyoti, milliy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi, Vatanga muhabbat va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi kitoblar ham mavjud.

Bugungi kunda kitob inson tafakkurini charxlaydigan, ma’naviy dunyosini boyitadigan eng bebaho manbadir. Ayniqsa, yosh avlodning bilimli, dunyoqarashi keng, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida kitobning o‘rni beqiyosdir. Shu bois, axborot-kutubxona markazi tomonidan yangi adabiyotlarni kitobxonlarga keng targ‘ib qilish, ularni mutolaaga jalb etish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?